» » KXDR soatlari mamlakatning o‘z vaqt mintaqasiga o‘tkazildi

Скачать KXDR soatlari mamlakatning o‘z vaqt mintaqasiga o‘tkazildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

KXDR soatlari mamlakatning o‘z vaqt mintaqasiga o‘tkazildi

KXDRda 15-avgustdan e’tiboran UTC+9 vaqt mintaqasi o‘rniga UTC+8:30 vaqt mintaqasidan foydalanish boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

KXDR soatlari mamlakatning o‘z vaqt mintaqasiga o‘tkazildi

 

Vaqt mintaqasini o‘zgartirish haqidagi bu qaror Koreya yarimorolining Yaponiya hukmronligidan ozod bo‘lganining 70 yilligiga bag‘ishlangan.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mazkur qarorni “afsuslanarli” deb atab, Shimoliy Koreya vaqt mintaqasining o‘zgarishi Koreyaning Janubi va Shimoli birlashuvi yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgandi.

Bundan tashqari, Seulning fikricha, vaqtning o‘zgarishi ikki mamlakat o‘rtasida tashkil etilgan Keson sanoat hududining faoliyatini ham murakkablashtirishi mumkin.

G‘arb nashrlarining qayd etishicha, 1910-yili yapon mustamlakasiga aylanguniga qadar butun Koreya UTC+8:30 vaqt mintaqasidan foydalangan, biroq 1912-yili Koreya vaqti Yaponiyaniki bilan bir xillashtirilgan.

Janubiy Koreya ham 1954—1961-yillar davomida, Yaponiya hukmronligi davridan uzilish belgisi sifatida, o‘z vaqt mintaqasidan foydalanib kelgan, biroq keyinchalik bu qaror bekor qilingan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.