» » Xitoyning Tyanszin shahrida yana portlashlar yuz berdi

Скачать Xitoyning Tyanszin shahrida yana portlashlar yuz berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoyning Tyanszin shahrida yana portlashlar yuz berdi

Xitoyning Tyanszin port shahridagi sanoat hududida yangi portlashlar yuz berdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Xitoyning Tyanszin shahrida yana portlashlar yuz berdi

 

Navbatdagi portlashlar oqibatida avval portlash qayd etilgan omborxonada yana yong‘in kelib chiqqan. Shaharning bir qismi tutun ostida qolgan. Taxminlarga ko‘ra, avtoturargohda qoldirilgan avtomobillar portlab ketgan bo‘lishi mumkin.

Mahalliy ma’muriyat hodisa joyidan uch kilometr masofada istiqomat qiluvchi aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan. Qayd etishlaricha, portlash yuz bergan omborxonada kamida 700 tonna natriy sianidi bor.

Ayni vaqtda, Xitoy hukumati mamlakatdagi barcha kimyoviy va portlovchi moddalar saqlanuvchi omborxonalardagi sharoitlarni tekshirib chiqish haqida ko‘rsatma bergan. Tyanszindagi sanoat hududini boshqaruvchi kompaniya rahbari esa xavfsizlik qoidalarini “qo‘pol ravishda buzishda” ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tyanszinda 12-avgust kuni ro‘y bergan dastlabki ikki portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 85 kishiga yetdi, yana 700 dan ortiq odam turli darajada tan jarohati olgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.