» » BMT oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasayishini taxmin qilmoqda

Скачать BMT oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasayishini taxmin qilmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

BMT oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasayishini taxmin qilmoqda

Yaqin o‘n yil davomida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi bosqichma-bosqich arzonlashadi. Bu haqda BMT hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning qo‘shma hisobotiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

BMT oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasayishini taxmin qilmoqda

 

“So‘nggi yillar bilan taqqoslaganda jahon qishloq xo‘jaligi bo‘yicha prognozlar nisbatan barqaror, biroq biz yaqin yillarda narx beqarorligi bilan bog‘liq xavflarni istisno qila olmaymiz”, — dedi IHTT bosh kotibi Anxel Gurria.

O‘z navbatida, bosh direktor Joze Gratsianu da Silvaning fikricha, narxlar pasayayotganiga qaramay, to‘yib ovqat yemaslik rivojlanmagan mamlakatlarda jiddiy muammoligicha qolmoqda.

Qo‘shma hisobotda qayd etilishicha, 2024-yilga borib baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish 20 foizga oshadi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi narxlar pasayishi natijasida kamayishi mumkin, biroq ozuqa yemning arzonlashuvi soha barqarorligini qayta tiklashga yordam berishi mumkin.

Sut mahsulotlari eksportining asosiy hajmi to‘rt mamlakat — Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Avstraliya hissasiga to‘g‘ri keladi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.