» » Shimoliy Koreya sirli hujum quroli bilan AQShga tahdid qildi

Скачать Shimoliy Koreya sirli hujum quroli bilan AQShga tahdid qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Shimoliy Koreya sirli hujum quroli bilan AQShga tahdid qildi

Shimoliy Koreya, agar uning chegaralari yaqinida xalqaro harbiy mashg‘ulotlar boshlanadigan bo‘lsa, AQShga qarshi noan’anaviy javob choralarini ko‘rish bilan tahdid qildi. CNN’ning 16-avgust, yakshanba kuni tarqatgan xabariga ko‘ra, rasmiy Pxenyan AQShga misli ko‘rilmagan qurol bilan javob berishga va’da bergan.

Shimoliy Koreya sirli hujum quroli bilan AQShga tahdid qildi

 

“KXDR armiyasi va xalqi AQShning yadroviy quroliga ortiq miltiq bilan qarshi chiqmaydi. Yo‘q, bu armiya va xalq mag‘lub bo‘lmaydi, u jahonga ma’lum bo‘lmagan hujum va mudofaa qurollari bilan ta’minlangan”, — dedi KXDR Milliy mudofaa qo‘mitasi rasmiy vakili.

Xususan, Shimoliy Koreya davlat televideniyesi boshlovchisi agar “AQSh qit’a xavfsizlik ostida bo‘lishini istasa, harbiy mashg‘ulotlarni zudlik bilan to‘xtatishi kerakligini” ma’lum qildi.

Janubiy Koreya 17-avgust kuni AQSh va boshqa ittifoqchilar bilan hamkorlikda an’anaviy harbiy mashg‘ulotlarni boshlashni rejalashtirgan. Pxenyan esa har yili shunday mashg‘ulotlar arafasida tahdid qilib keladi. “Mashg‘ulotlar shaffof, ular mudofaa maqsadlariga hamda Janubiy Koreya va mintaqaning jangovar tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan”, — deydi AQSh Davlat departamentining ismi oshkor etilmagan amaldori.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.