» » Xitoy hukumati Tyanszindagi portlash haqida mish-mish tarqatgan 50 saytni blok qildi

Скачать Xitoy hukumati Tyanszindagi portlash haqida mish-mish tarqatgan 50 saytni blok qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoy hukumati Tyanszindagi portlash haqida mish-mish tarqatgan 50 saytni blok qildi

Xitoy hukumati Tyanszindagi portlashlardan so‘ng, internetda mish-mish tarqalishiga qarshi kurash maqsadida 50 ta saytni blok qildi. Bu haqda “Newskaz.ru” xabar bermoqda.

 

Xitoy hukumati Tyanszindagi portlash haqida mish-mish tarqatgan 50 saytni blok qildi

 

Xitoy kibermakon ma’muriyati 50 ta saytni tekshirilmagan axborotni chop etish orqali vahima keltirib chiqarish va yolg‘on mish-mish tarqatish orqali aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda aybdor, deb topgan. Ma’muriyat 18 ta saytni litsenziyadan mahrum etgan va blok qilgan, yana 32 resurs faoliyati to‘xtatilgan.

15-avgust, shanba kuni Xitoy hukumati portlashlardan so‘ng egalari mish-mish tarqatganlikda gumon qilingan ijtimoiy tarmoqlardagi 360 dan ortiq akkauntni blok qilgandi.

Kibermakon ma’muriyatining izohiga ko‘ra, portlashlardan so‘ng Sina Weibo mikrobloglar xizmati va muloqot uchun mo‘ljallangan WeChat ilova-dasturida ba’zi foydalanuvchilar, xususan, mamlakatda taniqli blogerlar tomonidan ham “do‘kon va bozorlar tunab ketilgan” va “portlash joyidan bir kilometr masofada hech kim tirik qolmagan” qabilida xabarlar qoldirilgan.

Kibermakon ma’muriyati vakillarining ma’lum qilishicha, mish-mish tarqatish bilan shug‘ullanayotgan alohida shaxslar va tashkilotlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.