» » Meksika prezidenti o‘t pufagidagi operatsiyadan ikki oy o‘tib 10 kilometr yugurdi

Скачать Meksika prezidenti o‘t pufagidagi operatsiyadan ikki oy o‘tib 10 kilometr yugurdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Meksika prezidenti o‘t pufagidagi operatsiyadan ikki oy o‘tib 10 kilometr yugurdi

 

Meksika prezidenti o‘t pufagidagi operatsiyadan ikki oy o‘tib 10 kilometr yugurdi

 

Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto o‘t pufagidagi operatsiyadan ikki oy o‘tib, o‘zining qo‘riqlash xizmati tomonidan yilda bir marotaba tashkil etiladigan yugurish musobaqasida qatnashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Meksika prezidenti 10 kilometrlik masofani yugurib o‘tish uchun 50 daqiqa 50 soniya vaqt sarfladi. U bilan birga hukumatning bir qator a’zolari, xususan, sog‘liqni saqlash vaziri Mersedes Xuan Lopes, shuningdek, prezident matbuot kotibi Eduardo Sanches ham yugurishga chiqdi.

“Mazkur yugurishda ishtirok etganimdan juda mamnunman”, — dedi 49 yoshli prezident. “Tibbiyot nuqtai nazaridan qaraganda, ikki oycha avval operatsiya qilingan insonning belgilangan masofani bosib o‘tgani tahsinga loyiq”, — deya qo‘shimcha qildi sog‘liqni saqlash vaziri.

Meksika prezidenti iyun oyi oxirida o‘t pufagini oldirib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgandi. Qayta tiklanish jarayoni tez kechdi va u bir necha kundan so‘ng prezidentlik ishini bajarishga kirishdi. Eslatib o‘tamiz, Enrike Penya Nyeto 2012-yili olti yil muddatga Meksika prezidenti etib saylangan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.