» » “Afrosiyob” tezyurar poyezdi har kuni 3 martadan qatnay boshladi

“Afrosiyob” tezyurar poyezdi har kuni 3 martadan qatnay boshladi

15-avgustdan Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi 764/763-raqamli “Afrosiyob” poyezdi har kuni qatnay boshladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK rasmiy sayti xabar berdi.

 

 

Bu sayyohlik mavsumida yuzaga kelgan katta talabni hisobga olgan holda yo‘lga qo‘yildi.

Endi poyezd har kuni Samarqanddan 10:40 da jo‘nab ketib, Toshkentga 12:57 da yetib keladi, u yerdan 13:50 da jo‘nab, Samarqandga 15:58 da qaytib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 27-iyuldan 760/759-raqamli “Afrosiyob” poyezdlari har kuni qatnay boshladi. Undan tashqari 762/761-raqamli poyezdlar har kuni Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2018 бесплатно.