» » Braziliyada yuz minglab namoyishchilar prezident impichmentini talab qildi

Скачать Braziliyada yuz minglab namoyishchilar prezident impichmentini talab qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Braziliyada yuz minglab namoyishchilar prezident impichmentini talab qildi

Braziliyada ommaviy norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi, ular mamlakat prezidenti Dilma Russefning iste’fosini talab qildi, deb yozadi “RBK”.

Braziliyada yuz minglab namoyishchilar prezident impichmentini talab qildi

 

Aksiya tashkilotchilari ma’lum qilishicha, 16-avgust, yakshanba kuni ko‘chalarga jami 1,9 million kishi chiqqan. Politsiya namoyishchilarni 866 ming kishi deb baholadi. Namoyishlar poytaxt Brazilia, San-Paulu, Rio-de-Janeyro va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tdi.

Russefning o‘zi norozilik aksiyalarini izohlar ekan, impichmentni davlatni to‘ntarish haqidagi tahdidga qiyosladi va lavozimidan voz kechmasligini ta’kidladi.

Ushbu aksiya shu yil hisobidan uchinchisi bo‘ldi.

Norozilik namoyishlariga Petrobras neft korporatsiyasi atrofida yuzaga kelgan korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi – Dilma Russeff prezident bo‘lguniga qadar yetti yil davomida Petrobras’ga rahbarlik qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning bir qator xodimlari imzolangan shartnomalardan 3 foiz miqdorida mukofot puli olib turgan, keyinchalik esa bu pullardan siyosatchilar va amaldorlarni sotib olish uchun foydalanilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.