» » Toshkentdagi Inha universitetida yangi fakultet ochiladi

Скачать Toshkentdagi Inha universitetida yangi fakultet ochiladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentdagi Inha universitetida yangi fakultet ochiladi

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2016-yilning sentabr oyidan yangi yo‘nalish – logistika fakulteti ish boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zA. O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati va Inha universiteti (Janubiy Koreya) delegatsiyasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qilindi.

 

Toshkentdagi Inha universitetida yangi fakultet ochiladi

 

 

Tadbirda talabalar uchun universitetda yaratilgan sharoitlar, joriy yilgi kirish imtihonlari natijalari, iqtidorli yoshlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar tizimi xususida so‘z yuritildi.
Oliy o‘quv yurti vakillarining fikriga ko‘ra, kirish imtihonlarida qayd etilgan a’lo natijalar ko‘p jihatdan universitetda abituriyentlar uchun maxsus tayyorlov kurslari tashkil etilgani bilan bog‘liq. Shunisi e’tiborliki, eng yaxshi natija ko‘rsatgan tinglovchilar kursni tamomlagach, imtihon topshirmasdan o‘qishga qabul qilindi.
– O‘zbekiston yoshlarining muvaffaqiyati havasimizni keltirmoqda, – deydi Inxa universiteti prezidenti Sunya Choy. – Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’lim olayotgan har bir yigit-qiz Janubiy Koreyadagi asosiy oliy o‘quv yurti talabasi hisoblanadi va barcha tegishli imtiyozlardan foydalanadi. Logistika fakultetining ochilishi ham muhim. Zero, mamlakatingizda bu yo‘nalishga talab ortib bormoqda.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.