» » AQShda ikki kichik samolyot to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

AQShda ikki kichik samolyot to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahri yaqinida ikki kichik samolyot to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

AQShda ikki kichik samolyot to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

 

Ikki motorli Sabreliner va bir motorli Cessna 172 samolyotlari 16-avgust kuni Brown Field Municipal Airport aeroportidan ko‘tarlishi vaqtida to‘qnashib ketgan. Halokatdan keyin yong‘in kelib chiqqan va u bartaraf etilgan. O‘t o‘chiruvchilardan biri jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

“To‘qnashuv juda kuchli bo‘lgani aniq. Buni ikkala samolyot ham bir necha qismlarga bo‘linib ketganidan ham bilish mumkin”, — dedi Kaliforniya o‘rmonlar boshqarmasi va yong‘indan himoyalanish bo‘limi rahbari Nik Shuler.


 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.