» » O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Скачать O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Yaman hamda Filippin terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun 30 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

 

Tarkibga milliy terma jamoa safida 83 ta o‘yin o‘tkazgan Aleksandr Geynrixning mamlakatning asosiy jamoasi safiga yana chaqiruv olgani e’tiborga molik.

Samvel Babayan terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlanganidan keyin tashkil etilgan iyul oyidagi yig‘indan farqli o‘laroq, bu safar xorijda faoliyat olib borayotgan futbolchilar ham jalb etilgan. Shuningdek, avvalgi yig‘inda ishtirok etmagan futbolchilardan Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov va Sanjar Shoahmedov ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon va Osiyo chempionatining qo‘shma saralash bosqichi doirasida 3-sentabr kuni Toshkentda Yaman terma jamoasini qabul qiladi. Bu uchrashuvdan besh kun o‘tib, Samvel Babayan shogirdlari safarda Filippin terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bu ikki o‘yinga tayyorgarlikni terma jamoa 27-avgustdan boshlaydi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Yegor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sherzod A’zamov (“Nasaf”), Shavkat Mullajonov (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”), Shuhrat Muhammadiyev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Server Jeparov (“Ulsan”, Janubiy Koreya), Azizbek Haydarov (“Ash-Shabob”, BAA), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Fozil Musayev (“Sepahon”, Eron), Sardor Rashidov (“Al-Jayish”, Qatar), Sanjar Tursunov (“Vorskla”, Ukraina), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov-katta (“Lokomotiv”), Sanjar Shoahmedov (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Ilhom Shomurodov (“Nasaf”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”).

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.