» » O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O‘zbekistonim!” nomli kitob ko‘rgazmasi ochildi

Скачать O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O‘zbekistonim!” nomli kitob ko‘rgazmasi ochildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O‘zbekistonim!” nomli kitob ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O‘zbekistonim!” nomli foto-ko‘rgazma ochildi. Bu haqda kutubxona saytida xabar berilgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O‘zbekistonim!” nomli kitob ko‘rgazmasi ochildi

 

Ko‘rgazma “O‘zbekiston: kecha va bugun”, “O‘zbekiston dunyo nigohida”, “Yuksak marralarga intil, tengdoshim!”, “Mustaqillik – bu huquq demakdir” va “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” ruknlarini o‘z ichiga oladi.

“O‘zbekiston: kecha va bugun” rukni ostidagi kitoblar o‘zbek xalqining hayotini tubdan o‘zgartirgan va o‘zligini anglashiga zamin bo‘lgan mustaqillikka erishish tarixidan, O‘zbekiston Respublikasining o‘z rivojlanish va taraqqiyot yo‘li, o‘tkazilayotgan islohotlar va zabardast o‘zbek xalqining mehnati, uning ma’naviy qadriyatlari va milliy merosi haqida hikoya qiladi. Bu yerda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining bozor iqtisodiyoti sharoitida suveren jamiyat, ozod va mustaqil hayotga yo‘naltirilgan demokratik davlat qurish masalalariga bag‘ishlangan asarlari o‘rin olgan.

“O‘zbekiston dunyo nigohida” deb nomlangan ko‘rgazmada O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, moliyaviy va madaniy hamkorligi haqida hikoya qiluvchi respublikamizda va xorijda nashr qilingan o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, koreys tillaridagi sara kitoblar taqdim etilgan.

Ko‘rgazmaning “Yuksak marralarga intil, tengdoshim!” deb nomlangan rukni ostida namoyish etilgan kitoblar ilm egallash barobarida vatan ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shishni maqsad deb bilgan O‘zbekistonning iqtidorli va salohiyatli yosh avlodi vakillari haqida hikoya qiladi.

“Mustaqillik – bu huquq demakdir” rukni ostida taqdim etilgan kitoblar foydalanuvchilarni O‘zbekiston Respublikasining demoktratik jamiyat qurish yo‘lida fuqarolarning huquqiy kafolatlarini ta’minlovchi kitoblar bilan tanishtiradi. Bu yerda milliy g‘oya, ma’naviy va huquqiy ta’lim, O‘zbekiston soliq, bojxona va adliya tizimlarining shakllanishi haqida hikoya qiluvchi kitoblar taqdim etilgan.

“Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” ruknida ajdodlarimizning o‘zbek xalqining ozodligi yo‘lidagi fidoiyliklari, og‘ir yillarida boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida so‘zlovchi kitoblar jamlangan. Shuningdek, bu kitoblar bizlarni xalqimiz qahramonlarini unutmasligimizga va ularga hamisha hurmatni bajo keltirishga da’vat etadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilishi tarixi, uning kechasi va buguni, o‘z taraqqiyot yo‘li, o‘zbekiston xalqining madaniy va milliy qadriyatlari to‘g‘risida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining 24 yilligiga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazma joriy yilning 3-sentabriga qadar davom etadi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно







Метки:

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.