» » Isroil chegarachilari ularga pichoq o‘qtalgan falastinlikni otib tashladi

Isroil chegarachilari ularga pichoq o‘qtalgan falastinlikni otib tashladi

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida Isroil chegarachilariga pichoq bilan tashlanmoqchi bo‘lgan falastinlik otib tashlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Isroil chegarachilari ularga pichoq o‘qtalgan falastinlikni otib tashladi

 

Hodisa Shxem shahri yaqinidagi Somet-Tapuax nazorat-tekshiruv punktida ro‘y bergan. Bu yerga kelgan falastinlik o‘zini yomon his etayotganini bayon qilgan. Chegarachilar unga yaqinlashishga ruxsat berganida, falastinlik to‘satdan askarlardan biriga pichoq bilan tashlangan.

Huquqni muhofaza etish idoralari vakiliga ko‘ra, chegarachilar qurol ishlatishga majbur bo‘lgan. Olingan jarohatlar oqibatida falastinlik voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.