» » Muzraf Ikramov ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashida ishtirok etadi

Muzraf Ikramov ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashida ishtirok etadi

2015-yil 18-avgust kuni adliya Vaziri Muzraf Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Adliya vazirlarining uchinchi kengashida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzraf Ikramov ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashida ishtirok etadi

 

Yig‘ilishda qonun ijodkorligi sohasida hamkorlik qilish, huquq ustvorligini ta’minlash va o‘zaro manfaat kasb etuvchi masalalar bo‘yicha adliya vazirliklari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Kengash yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilish va ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzolash kutilmoqda.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.