» » Saudiya Arabistonida 4 nafar chet el fuqarosi qatl etildi

Saudiya Arabistonida 4 nafar chet el fuqarosi qatl etildi

Saudiya Arabistoni hukumati 17-avgust, dushanba kuni uch nafar Shri-Lanka fuqarosi va bir nafar Misr fuqarosiga nisbatan tayinlangan o‘lim jazosini amalga oshirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.


 

Saudiya Arabistonida 4 nafar chet el fuqarosi qatl etildi

 

Ma’lum qilinishicha, uch nafar Shri-Lanka fuqarosi Saudiya Arabistoni fuqarosining uyiga bostirib kirib, unga jismoniy jarohat yetkazganligi uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgan.

Misr fuqarosi esa qirollik fuqarosini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, qatl etildi.

Manbalarda qayd etilishicha, 2015-yil boshidan buyon Saudiya Arabistonida jami 120 kishi qatl etilgan.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.