» » Farg‘onada Kanton yarmarkasining tashkilotchilari bilan konferensiya o‘tkaziladi

Скачать Farg‘onada Kanton yarmarkasining tashkilotchilari bilan konferensiya o‘tkaziladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Farg‘onada Kanton yarmarkasining tashkilotchilari bilan konferensiya o‘tkaziladi

25-avgust kuni Farg‘ona shahrining “Aziya” mehmonxonasida Kanton yarmarkasining (Xitoy, Guanchjou) tashkilotchilari bilan birgalikda konferensiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir 2015-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmaning 118-sessiyasiga bag‘ishlanib, China Foreign Trade Centre, International Business Travel va Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi ko‘magida bo‘lib o‘tadi.

 

Farg‘onada Kanton yarmarkasining tashkilotchilari bilan konferensiya o‘tkaziladi

 

Bunday hajmdagi uchrashuvlar o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun uskunalarni sotib olish, ularni o‘rnatish shartlari va sifati, hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va Xitoy tomonidan shartnomalarning yopilishi kabi savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda muhokama qilishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, bu kabi tadbirlar uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan potensial loyihalarni qayta ko‘rib chiqishga turtki bo‘ladi.

Kanton yarmarkasi konferensiyasi tashkilotchilar tomonidan uchinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili qurilish, oziq-ovqat sohasi, mashina qurilish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 60 nafar tadbirkor ko‘rgazma tashkilotchilari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bu yil konferensiyada Xitoy yarmarkasida qatnashish va o‘z bizneslarini rivojlantirish istagida bo‘lgan 80 nafarga yaqin tadbirkorlar qatnashishi kutilmoqda.

 

Farg‘onada Kanton yarmarkasining tashkilotchilari bilan konferensiya o‘tkaziladi

 

 

Ma’lumot uchun: Kanton yarmarkasi tarixida O‘zbekistondan 4 mingdan ortiq kishi ko‘rgazmaga tashrif buyurishgan, 15 marta rasmiy delegatsiya yuborilgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni 1 milliondan oshadi. Kanton yarmarkasida texnika, mebel, kiyim-kechak, oziq ovqat mahsulotlari namoyish etiladi. Yarmarka bir yilda ikki marta, bahor va kuzda bo‘lib o‘tadi.

Hudud: “Aziya” mehmonxonasi. Farg‘ona shahri, Navoiy ko‘chasi, 26-uy, 2-ko‘rgazmalar zali
Kun: 25-avgust (seshanba)
Vaqt: ro‘yxatga olish soat 10:30 da.
Tadbirning boshlanishi: 11:00.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.