» » “Atletik” Bilbao Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi

“Atletik” Bilbao Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi

Ispaniya Superkubogining javob o‘yinida “Barselona” klubi o‘z maydonida Bilbaoning “Atletik” jamoasini qabul qildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

“Atletik” Bilbao Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi

 

Dastlabki o‘yinda “Atletik” ko‘pchilik uchun kutilmaganda “Barselona”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Javob o‘yinida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Dastlab, Messi 43-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oldingi o‘yinda xet-trikka erishgan Aduris 74-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Barselona”ni yirik 5:1 hisobida taslim etgan “Atletik” Ispaniya Superkubogining sohibiga aylandi.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.