» » Toshkentda trotuar tozalovchi mashinalar paydo bo‘ladi

Toshkentda trotuar tozalovchi mashinalar paydo bo‘ladi

Toshkent hokimiyati qoshidagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi 2016—2021-yillarda jami qiymati 16,5 milliard so‘mdan ortiq maxsus transport texnikasi va mexanizatsiya vositalarini sotib oladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 10-avgustdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Toshkentda trotuar tozalovchi mashinalar paydo bo‘ladi

Qarorga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda boshqarma 40 ta kombinatsiyalangan mashina (qor tozalash, sug‘orish, qum sochish), 14 ta qor ortgich mashina, 8 ta trotuar tozalovchi mashina, 1 ta qor erituvchi mashina va 2 ta shox kesuvchi mashinaga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, 13 ta “SamAvto” avtobuslari, 15 ta tandemli g‘altak mashina, 13 ta gidravlik stansiya, 1 ta yo‘l frezasi va boshqalarni sotib olish rejalashtirilmoqda.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.