» » Dunyodagi eng qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasi 67 mln dollarga sotildi

Dunyodagi eng qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasi 67 mln dollarga sotildi

Kaliforniyaning Pebbl-Bich shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Concours d’Elegance ko‘rgazmasi davomida Sotheby’s tomonidan tashkil etilgan kimoshdi savdosida dunyodagi eng qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasi 67 million dollarga sotildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

 

Dunyodagi eng qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasi 67 mln dollarga sotildi

 

Kolleksiya 22 ta noyob mashinani o‘z ichiga olgan. AQSh fuqarosi bo‘lgan kolleksiya sohibi avtomobillarni bir necha o‘n yillar mobaynida to‘plagan.

Kimoshdi savdosida 1964-yilgi Ferrari 250 LM eng qimmat mashina bo‘ldi, u 17,6 million dollarga sotildi. Ikkinchi o‘rinni 13,75 million dollarga baholangan afsonaviy McLauren F1 avtomobili egalladi.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.