» » O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayadi

Скачать O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayadi

Kelayotgan dam olish kunlari — 22—23-avgustda O‘zbekistonda havo harorati tushishi kuzatiladi, deya xabar bermoqda Gidrometeorologiya xizmat markazi.

 

O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayadi

 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21—23-avgustda harorat kechasi 13—18° gacha, kunduzi 25—30° gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21—23-avgustda kechasi 17—22° gacha, kunduzi 27—32° gacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22—23-avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17—22°, kunduzi 27—32° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17—22°, kunduzi 29—34° gacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22—23-avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17—22°, kunduzi 25—30° gacha pasayadi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.