» » Dunyo bo‘yicha umumiy qarzdorlik salkam 60 trln dollar baholandi

Dunyo bo‘yicha umumiy qarzdorlik salkam 60 trln dollar baholandi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) dunyo bo‘yicha umumiy qarzdorlikni 59,7 trillion dollarga baholadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Dunyo bo‘yicha umumiy qarzdorlik salkam 60 trln dollar baholandi

 

AQSh hisobiga jami qarzlarning 29,05 foizi yoki 13,91 trillion dollar to‘g‘ri keladi: ushbu mamlakatning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotidan 3,4 foiz oshiq. Shu bilan birga, sayyoramiz iqtisodiyotining salkam 30 foizi Amerika hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi o‘rinda Yaponiya: umumiy qarzdorlikning 19,99 foizi (11,93 trillion dollar). Vaholanki, kunchiqar yurt jahon iqtisodiyotining 6,18 foizini tashkil etadi. Global iqtisodiyodagi Xitoy ulushi 13,9 foizga teng, davlat qarzi esa 6,25% yoki 3,73 trillion dollardan iborat.

Dunyodagi davlat qarzlarining 75 foizi AQSh, Yaponiya va Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda.


 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.