» » Test natijalarini Click tizimi orqali bilib olish mumkin

Скачать Test natijalarini Click tizimi orqali bilib olish mumkin в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Test natijalarini Click tizimi orqali bilib olish mumkin

 

 

imtihonlarining natijalarini mobil telefon orqali bilish imkoni!

Click kompaniyasi Davlat test markazi bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushirgani haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi.

Joriy yilning 1-avgust kuni mamlakatimizning 600 mingdan ziyod yoshlari oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirdi. Shu kunlarda barcha abituriyentlar sinov natijalarining e’lon qilinishini intizorlik bilan kutmoqda.

Ishga tushirilgan xizmatlar imtihon natijalari borasida ma’lumot olish tartibiga qulaylik kiritish maqsadlariga qaratilgan bo‘lib, abituriyentlarga, o‘z uylarini tark etmagan holda mobil telefonlari yordamida USSD-so‘rovlar yoki ommabop Telegram birlahzalik xabarnomalar ilovasi orqali sinov natijalarini bilib olish imkonini beradi.

Foto: Click

Natijalarni USSD-so‘rovlar orqali olish uchun mobil telefonda *880# terish va paydo bo‘lgan menyuda “DTM—2015” bandini tanlash, so‘ngra tizim yo‘riqlarini bajarish lozim.

Natijalarni Telegram ilovasi orqali olish uchun kontaktlar ro‘yxatiga DTM robotini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo‘shish va unga /start buyrug‘ini jo‘natish kerak. Shundan so‘ng robot til tanlashingizni va boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotni so‘raydi (batafsil ma’lumot bilan yo‘riqnomada tanishish mumkin).

Foto: Click

“Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish payti ortda qoldi va barcha abituriyentlarni hozirgi paytda, kirish imtihonining natijalari nima bo‘lgan ekan, degan yagona savol qiziqtirib kelmoqda. Fursatdan foydalanib, barcha abituriyentlarga yana bir bor omad tilab, shuni aytmoqchimanki, Click kompaniyasi ushbu natijalarni istalgan paytda va istalgan joyda olish uchun barcha kerak bo‘lgan sharoitlarni yaratib berishga harakat qildi”, — deb ta’kidladi Click kompaniyasining rahbari Rustamov Ulug‘bek.

Ikkala xizmat ham kerak bo‘lgan ma’lumotni olishda xizmatdan foydalanish va boshqarishni osonlashtirish uchun interaktiv tarzda tuzilgan. Imtihon natijalari Davlat Test Markazidan olingandan keyin avtomatik ravishda yuboriladi. So‘rov qiymati 1500 so‘m.

Qo‘shimcha ma’lumot:

  • Elektron pochta: info@click.uz
  • Web: www.click.uz
  • USSD: *880#

Telegram messenjeri orqali natijalarni bilish uchun esa quyidagi yo‘riqnomadan foydalanish zarur:

Foto: Click
  • Kontaktlar ro‘yxatiga DTM robotini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo‘shing va unga /start buyrug‘ini xabar ko‘rinishida jo‘nating;
  • Muloqot tilini tanlang (o‘zbek yoki rus);
  • Unga telefon raqamingizni ma’lum qiling (“Share my contact” menyusi);
  • /check buyrug‘ini jo‘nating;
  • DTM roboti (@DTMbot) sizdan abituriyent varaqasi raqamini so‘raydi;
  • Abituriyent varaqasi raqamini jo‘nating;
  • Ushbu so‘rovga asosan DTM Click tizimi orqali raqamingizga hisob uchun to‘lovni chiqaradi;
  • To‘lov amalga oshirilgach, DTM roboti ko‘rsatilgan abiturient varaqasi raqami bo‘yicha test natijalarini sizga jo‘natadi.
Foto: Click

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Davlat test markazi “Daryo”ga ma’lum qildi. Natijalar aynan qaysi sanada e’lon qilinishi hozircha ma’lum emas, biroq bu aniq bo‘lishi bilan “Daryo” orqali xabar topishingiz mumkin.

Xizmatlar litsenziyalangan. Reklama huquqi asosida

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.