» » Rossiyalik musulmonlar pul tejash maqsadida Haj ziyoratidan voz kechmoqda

Скачать Rossiyalik musulmonlar pul tejash maqsadida Haj ziyoratidan voz kechmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiyalik musulmonlar pul tejash maqsadida Haj ziyoratidan voz kechmoqda

Rossiyalik musulmonlar pul tejash maqsadida Haj ziyoratidan voz kechmoqda

 

Rublning dollarga nisbatan keskin qadrsizlangani sabab, rossiyalik musulmonlar 2015-yilda Saudiya Arabistonidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdan voz kechmoqda. Bu haqda Rossiya muftiylar kengashi raisi o‘rinbosari Rushan Abbosovga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Kvotani hozircha faqat Qrim to‘ldirdi — u yerdan 300 dan ortiq kishi ziyoratga boradi, boshqa hududlarda esa kvotalar hali to‘lmagan. Hatto ziyoratchilari soni har doim eng ko‘p bo‘ladigan Dog‘iston ham kvotani yopa olganicha yo‘q”, — dedi Abbosov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ziyorat qiymati taxminan 3,5 ming dollarga teng, biroq Qrim fuqarolari uchun imtiyoz bor — safar xarajatlarining 30 foizini Qrim respublikasi hukumati to‘lab beradi.

Abbosovning qayd etishicha, bu yil Haj ziyoratiga boradigan rossiyaliklar soni 16,4 mingdan kamroq bo‘ladi, chunki Saudiya Arabistoni Rossiyaga aynan shuncha o‘rin taqdim etgan. Abbosovning aytishicha, kvotalar miqdori hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin, biroq bu borada yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan.

Bu yilgi ziyoratning rossiyaliklar uchun yana bir noqulay tomoni, 2015-yildan boshlab Saudiya Arabistoniga kirish uchun har bir kishida biometrik pasport bo‘lishi kerak. Shu sababli ham ba’zi hududlarda kvota soni qisqartirilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.