» » Misrdagi favqulodda jazirama qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi

Скачать Misrdagi favqulodda jazirama qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Misrdagi favqulodda jazirama qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi

Misrdagi favqulodda jazirama qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi

 

Misrda hukmronlik qilayotgan favqulodda jazirama qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Issiqlik zarbalari natijasida o‘tgan hafta boshidan to joriy dushanbaga qadar 105 ta o‘lim holati qayd etildi. Birgina Qohira va uning atrofida 54 nafar misrlik halok bo‘lgan”, — dedi Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Husam Abdul G‘affor.

Jazirama sabab butun mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 2395 nafar kishi tibbiyot muassasalariga yotqizilgan, mingdan ortiq odam shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Issiq iqlim sharoitidan keksa yoshdagi kishilar, bolalar, shuningdek, surunkali yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabeti bor, qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilar ayniqsa ko‘p aziyat chekmoqda.

So‘nggi bir necha kundan beri Misrning aksariyat viloyatlarida havo harorati 40 daraja issiqdan past bo‘layotgani yo‘q, janubiy hududlarda esa harorat 50 daraja issiqdan oshishi holatlari ham qayd etilmoqda.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.