» » AQSh Xitoydan maxfiy agentlarni chaqirib olishni talab qildi

Скачать AQSh Xitoydan maxfiy agentlarni chaqirib olishni talab qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

AQSh Xitoydan maxfiy agentlarni chaqirib olishni talab qildi

 

Vashington Pekindan xitoylik maxfiy agentlarning AQShdagi faoliyatini to‘xtatishni talab qildi. Amerika maxsus xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, xitoyliklar korrupsiyada gumon qilingan Xitoy fuqarolarini kuzatish va qaytib olib ketish maqsadida AQShga tashrif buyurmoqda, deya xabar bermoqda CNN.

Foto: Associated Press

Xitoy hukumati mazkur talabga javoban “tulkilarni ovlayotgani”ni (Fox Hunt) ma’lum qildi — o‘z kapitali bilan chet elga qochib ketgan xitoylik sobiq amaldorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha dasturga shunday shartli nom qo‘yilgan.

“Bizning harakatlarimiz mutlaqo qonuniy, bundan tashqari, bu yil ikki mamlakat o‘rtasida kelishuvga ham erishildi”, — dedi Xitoy ma’muriyatining ismi oshkor etilmagan vakili.

Pekindagilarning qayd etishicha, AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jeh Jonson korrupsiyaga aloqador xitoyliklarni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazishda Xitoyga faol yordam berishni va’da qilgandi.

Ma’lumot uchun, 2014-yildan beri Xitoy hukumati tomonidan poraxo‘rlikda aybdor deb topilgan 930 dan ortiq xitoylik turli mamlakatlardan vatanga qaytarildi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.