» » Tailand poytaxtidagi ikki portlash bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin

Скачать Tailand poytaxtidagi ikki portlash bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tailand poytaxtidagi ikki portlash bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin

 

Tailand poytaxtida 17 va 18-avgust kunlari ro‘y bergan ikki portlash bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Tailand politsiyasi rahbari Somyot Pumpunmuang ma’lum qildi, deb xabar beradi“TASS”.

Tailand poytaxtidagi ikki portlash bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin

 

Birinchi portlash natijasida 20 kishi halok bo‘ldi, 125 kishi tan jarohati oldi. Ikkinchi terakt vaqtida esa, olomonga qarata portlovchi qurilmani otgan noma’lum shaxs nishonda adashdi va qurilma suvga borib tushib, balandligi 10 metr bo‘lgan to‘lqinni keltirib chiqardi, hodisa natijasida hech kim jabr ko‘rmadi.

“Taxminimizcha, bu ikki hodisa bir-biri bilan bog‘liq. Har ikki holatda ham tarkibi o‘xshash qo‘lbola portlovchi qurilmalardan foydalanilgan”, — deydi mamlakatning bosh politsiyachisi.

Bundan tashqari, politsiya Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi hukumatga qarshi guruhlardan birining a’zolarini ham qidirmoqda, bu guruhda avvalroq: “14—18-avgust kunlari hushyor va ehtiyot bo‘ling”, — qabilida ogohlantiruvchi xabar qoldirilgan edi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xabarni yozib qoldirgan internet-foydalanuvchilardan biri hozirgi vaqtda Tailand shimolida yashirinib yuribdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.