» » Boeing harbiy samolyot sinovini bir oyga kechiktirishga majbur bo‘ldi

Boeing harbiy samolyot sinovini bir oyga kechiktirishga majbur bo‘ldi

Amerikaning KC-46 yoqilg‘i quyuvchi harbiy samolyoti amalga oshirishi lozim bo‘lgan ilk sinov parvozi yoqilg‘i tanlashdagi adashuv tufayli bir oyga kechiktirildi. Bu haqda Boeing vakiliga tayanib, Defense News ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

 

Boeing harbiy samolyot sinovini bir oyga kechiktirishga majbur bo‘ldi

 

 


Konsern vakilining so‘zlariga qaraganda, yorliqdagi xato tufayli samolyotga yoqilg‘i o‘rniga uning sun’iy aralashmasi quyib yuborilgan. Garchi adashuv ma’lum bo‘lishi bilan mutaxassislar aralashmani chiqarib tashlagan bo‘lsa-da, havo kemasining ayrim qismlari ishdan chiqishga ulgurgan.

Boeing ushbu samolyotning ilk sinovini birinchi bor orqaga surayotgani yo‘q: avvaliga 2014-yilga mo‘ljallangan parvoz 2015-yil apreliga, keyinchalik yozga ko‘chirildi. Konsernda bahona uchun muhlat deyarli qolmagan, chunki shartnoma bo‘yicha 2017-yil avgustida AQSh Harbiy-havo kuchlariga 18 ta yoqilg‘i quyuvchi samolyot yetkazib berishi lozim.


Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.