» » Samsung yangi Galaxy O smartfonlar oilasini taqdimotga tayyorlamoqda

Скачать Samsung yangi Galaxy O smartfonlar oilasini taqdimotga tayyorlamoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Samsung yangi Galaxy O smartfonlar oilasini taqdimotga tayyorlamoqda

Samsung kompaniyasi yangi seriya smartfonlari — Galaxy O oilasini savdoga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “3dnews.ru” xabar bermoqda.

Samsung yangi Galaxy O smartfonlar oilasini taqdimotga tayyorlamoqda

 

Hozircha yangi smartfonlar oilasidan ikki model — SM-G550 va SM-G600 o‘rin olishi kutilmoqda. Bozorda ular mos ravishda Galaxy O5 va Galaxy O7 nomlari bilan paydo bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda.

Yangi qurilmalarning texnik o‘ziga xosliklari haqida hozircha axborot ko‘p emas. Manbalarning ma’lum qilishicha, Galaxy O5 katta ehtimol bilan 5 dyuymli, Galaxy O7 esa 5,5 dyuymli sensor displey bilan ta’minlanadi hamda Android 5.1 (Lollipop) operatsion tizimi ostida ishlaydi.

Smartfonlarning taqdimoti 4—9-sentabr kunlari Germaniya poytaxti Berlinda tashkil etiladigan IFA 2015 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishi mumkin. Qurilmalarning qachon savdoga chiqishi va taxminiy narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Samsung Galaxy O

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.