» » Har yili 1,5 mln bola emlanmagani tufayli vafot etishi ma’lum bo‘ldi

Скачать Har yili 1,5 mln bola emlanmagani tufayli vafot etishi ma’lum bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Har yili 1,5 mln bola emlanmagani tufayli vafot etishi ma’lum bo‘ldi

Dunyoda har yili 1,5 million nafar bola oldini olish mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklardan vafot etadi, bunga ularning emlanmagani sabab bo‘ladi, deya xabar bermoqda “TASS“ Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib.

Har yili 1,5 mln bola emlanmagani tufayli vafot etishi ma’lum bo‘ldi

 

“O‘zlarini yoki farzandlarini o‘z vaqtida emlamaydigan yoki emlashdan bosh tortadigan kishilar immunizatsiya sohasida oldinga intilayotgan mamlakatlar uchun qiyinchiliklar tug‘diradi. Dunyoda har beshinchi bolaga hayot uchun muhim emlashlar qilinmaydi va har yili 1,5 million bola vaksina bilan oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan vafot etadi”, — deyiladi tashkilot xabarida.

Ta’kidlanishicha, emlashga bo‘lgan salbiy munosabat ularning samaradorligidan shubhalanish, muayyan vaksina haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaslik, shifokorlar yoki butun sog‘liqni saqlash tizimiga ishonmaslik kabi sabablardan kelib chiqadi.

Tashkilotdagilar emlash haqidagi barcha mish-mish va qo‘rquvlarga barham berish orqali aholi bilan ishlashni yaxshilashga umid qilmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Har yili 1 5

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.