» » Donald Tramp Facebook asoschisini muhojirlarga yon bosishda aybladi

Скачать Donald Tramp Facebook asoschisini muhojirlarga yon bosishda aybladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Donald Tramp Facebook asoschisini muhojirlarga yon bosishda aybladi

Amerikalik milliarder, Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlikka da’vogar Donald Tramp Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerbergni yirik texnologik kompaniyalardagi ish o‘rinlarini bunga muhtoj amerikaliklarga emas, boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislarga taklif etishni ma’qul ko‘rayotganlikda aybladi. Bu haqda CNNMoney xabar berdi.

Donald Tramp Facebook asoschisini muhojirlarga yon bosishda aybladi

 

2013-yili Sukerberg AQSh yuqori texnologiyalar sanoatida katta muvaffaqiyatlarga erishgan muhojirlar haqida ham hikoya qiluvchi Fwd.us saytiga asos solgandi. Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ushbu sayt Amerika prezidentligiga nomzod da’vogarlarning mehnat muhojirligi masalasida qanday fikr bildirayotganini doimiy tarzda yoritib bormoqda.

Saylovoldi kompaniyasi doirasida Tramp muhojirlik siyosatiga oid rejasini e’lon qildi. Undagi asosiy takliflardan biri H-1B vizasi bo‘yicha AQShda mehnat qilayotgan chet ellik muhojirlar uchun eng kam ish haqi miqdorini ko‘paytirishdan iborat. Milliarderning fikricha, bu Kremniy vodiysidagi kompaniyalarga mamlakat fuqarolarini ko‘proq jalb etish imkonini beradi.

Gap shundaki, ish beruvchilar aslida H-1B vizasiga ega chet ellik mutaxassislarga AQSh fuqarolari bilan bir xil ish haqi to‘lashi kerak, amaliyotda esa ular amerikaliklarga nisbatan 20-45 % kam maosh oladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: FAcebook Donalnd TRamp

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.