Скачать Abituriyent muvaffaqiyatining siri в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Abituriyent muvaffaqiyatining siri

Oliy o‘quv yurtiga hujajt topshirar ekan, har bir abituriyent muvaffaqiyatga, o‘z familiyasi baxtli birinchi kurs talabalari ro‘yxatidan o‘rin olishiga umid qiladi.

Abituriyent muvaffaqiyatining siri

 

Talaba bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Tabiiyki, oliy o‘quv yurtining tanlangan mutaxassisligi uchun test topshirish lozim bo‘lgan fanlardan tayyorlanish zarur.

Tayyorgarlik variantlari ko‘p. Repetitorlar, tayyorlov kurslari va nihoyat o‘z kuchi. Test to‘plamlari sotib olinadi, qayerdadir elektron testlar taklif etiladi. Haqiqiy test sinovlaridan oldin o‘z kuchini sinab ko‘rishni ko‘pchilik istaydi. Lekin buni qanday va qayerda amalga oshirishni hamma ham bilmaydi.

Abituriyentlarni tayyorlashda samarali yordamchi

“Moy gorod. Obrazovaniye” seriyasidagi elektron tayyorlov testlari bu siz uchun uyingizda istalgan qulay vaqtda yordam beruvchi shaxsiy repetitordir. Bugungi kunda “Moy gorod. Obrazovaniye” testlari O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari, litsey va kollejlarining abituriyentlari uchun, hattoki Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘ishni rejalashtirayotganlar uchun dasturiy mahsulotlarning butun boshli seriyasidir.

Moy gorod. Obrazovaniye” seriyasi aynan qanday dasturiy mahsulotlarni o‘z ichiga oladi?

“Moy gorod. Obrazovaniye” seriyasining barcha dasturiy mahsulotlarini shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin :

  1. Dasturiy mahsulotlarning to‘liq versiyasi, 10 ta fan bo‘yicha testlardan iborat: matematika va informatika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, geografiya, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili.
  2. Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha blok majmualari, 3−4 fan bo‘yicha testlardan iborat : “Aniq fanlar – 1”, “Aniq fanlar – 2”, “Tabiiy fanlar”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”.

Shu bilan birga, to‘liq versiya yoki blok majmuasini sotib olganlar nafaqat testlarni, balki oliy o‘quv yurtlari, ulardagi mutaxassisliklar, qabul kvotalari, davlat granti va shartnoma asosida o‘qish uchun o‘tish ballari hamda test uchun zarur fanlar to‘‘risidagi batafsil ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, ushbu versiyalar kasbga yo‘naltirish bo‘yicha testlar va me’yoriy-huquqiy ma’lumotlar hamda huquqshunos maslahati blokini o‘z ichiga oladi.

  1. Alohida fanlar bo‘yicha testlar. Bu versiyada mutaxassisliklar va ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar yo‘q. Pedagoglar, repetitorlar uchun tayyorlov va darslarni o‘tishda qulay qo‘llanma sifatida foydalanishga mo‘ljallangan. Cheklov: testni faqat o‘rganish rejimida topshirish mukin, chunki dasturda faqat bitta fan mavjud.

“Moy gorod. Obrazovaniye” seriyasidagi har bir dasturiy mahsulot ozbek (lotin) va rus tillaridaishlaydi.Jami 30 dan ortiq ixtiyoriy istak va byudjetga to‘g‘ri keladigan dasturiy mahsulotlar mavjud bo‘lib, jumladan, Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni istovchi abituriyentlar uchun maxsus son bor.

Moy gorod. Obrazovaniyedasturlarining boshqa test tizimlaridan ustunliklari

  1. Bir martalik to‘lov evaziga yil davomida cheksiz test topshirishga urinishlar.
  2. Bir martalik to‘lovda barcha test materiallari bazasidan foydalanish: to‘liq versiyada 40 000 dan ortiq test bor.
  3. Har oyda yangilanish paytida qo‘shimcha to‘lovsiz yangi testlarni olish.
  4. Test topshirish uchun internetga ulanish talab qilinmaydi – dastur kompyuteringizga o‘rnatiladi.
  5. Materialni maksimal darajada o‘zlashtirish uchun 3 ta turli test rejimi.
  6. Real test topshirishga taqlid – sinov rejimida tanlangan fanlar bo‘yicha vaqtga qarab test yechish mumkin.
  7. Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘tgan yilgi natijalarga qarab byudjet va shartnoma uchun o‘tish ballarini ko‘rsatish imkoniyati.
  8. Test yechish yakunlanishi bilan natijalarni chiqarish va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish.
  9. Testlar bilan birga siz o‘quv muassasalari, qabul kvotalari, o‘tish ballari haqida batafsil ma’lumotlar, huquqshunosning ko‘p beriladigan savollarga javoblari, ta’lim bo‘yicha butun me’yoriy bazani qo‘lga kiritasiz.
  10. Foydalanuvchiga qo‘shimcha to‘lovsiz texnik (dasturni o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tkazishda) yordam berish.

Boshqa birorta test topshirish tizimi bunchalik ko‘p xizmatlarni taklif etmaydi!

Dasturiy mahsulotlarni qanday qo‘lga kiritish mumkin?

“Moy gorod. Obrazovaniye” elektron testlarini qo‘lga kiritish juda oson:

  1. Click.uz to‘lov tizimi orqali. http://abitur.mg.uz saytiga kirib, “savatchaga qo‘shish” tugmasini bosasiz. Savatchaga bir paytning o‘zida bir nechta dasturiy mahsulotni qo‘shish mumkin, bunda buyurtmaning narxi darhol ko‘rinadi. Keyin savatchangizga o‘tib, yo tizimga kirasiz, yoki saytda ro‘yxatdan o‘tasiz, ro‘yxatdan o‘tishni yengillashtirish uchun Mail.ru, Facebook, “OdnoklassnikivaVkontakteijtimoiy tarmoqlaridagi profillardan foydalanish mumkin. Qandaydir sabablarga ko‘ra, testlarni savatchaga qo‘shish va ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish vaqtida buyurtmani to‘lay olmasangiz, tanlangan dasturlar xaridlar savatchasida saqlanib qoladi. Bu esa ularni boshqa paytda olish uchun vaqtingizni ancha tejaydi. Sotib olingan dasturlar saytdan yuklab olinadi, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun seriya raqamlarini esa shaxsiy kabinetingizdan olasiz.
  2. Paynet sayti orqali. Elektron testlarning bir yoki bir nechta to‘liq versiyalarining, 10 ta fan bo‘yicha test dasturlari yoki “Matematika” elektron qo‘llanmasini qo‘lga kiritasiz. Bunda ham sotib olingan dasturlar saytdan yuklab olinadi, seriya raqamlari esa to‘lov chekida bo‘ladi.
  3. Ishlab chiqaruvchi kompaniya ofislarida.
  4. “Cinema Market” va boshqa do‘konlar tarmoqlarida.

Sizga omad yor bo‘lsin, abituriyentlar!

Mahsulot sertifikatlangan. Reklama huquqi asosida.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: siri

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.