» » JARda politsiya maktab o‘quvchilarining namoyishga chiqqan ota-onalarini rezina o‘qqa tutdi

Скачать JARda politsiya maktab o‘quvchilarining namoyishga chiqqan ota-onalarini rezina o‘qqa tutdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

JARda politsiya maktab o‘quvchilarining namoyishga chiqqan ota-onalarini rezina o‘qqa tutdi

Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida politsiya maktab o‘quvchilarining namoyishga chiqqan ota-onalarini travmatik quroldan o‘qqa tutdi. Bu haqda Reuters xabar beradi.

JARda politsiya maktab o‘quvchilarining namoyishga chiqqan ota-onalarini rezina o‘qqa tutdi

 

Roodepoort maktabida muassasaning qora tanli direktori va uning ikki o‘rinbosari hamda o‘quvchilarning mamlakatdagi osiyolik vakillardan iborat aholiga tegishli bo‘lgan ota-onalari o‘rtasida nizo kelib chiqqandan so‘ng, hukumat uni yopishga qaror qildi. Ota-onalar maktab ma’muriyatini noqonuniy tayinlanganlikda, shuningdek, direktorni o‘quv fondini qonunga xilof sarflashda ayblab, uni o‘zgartirishni talab qildi.

O‘quvchilarni boshqa maktablarga yetkazib qo‘yish uchun avtobuslar yetib kelganda, to‘plangan namoyishchilar mashinalar yo‘lini berkitib qo‘yib, binoga bostirib kirishga urindi. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya ularni rezina o‘qqa tutdi. Olti nafar kishining yaralanganligi haqida ma’lum qilindi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: JAR maktab ona

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.