» » Venesuelada yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Venesuelada yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Venesuelaning Karabobo shtatida yo‘lovchi avtobusining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi. Yana 29 kishi shikastlanish oldi, deb xabar beradi “TASS”.


Venesuelada yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

 


Jabrlanganlardan to‘rt nafari bolalar bo‘lib, ularning barchasi kasalxonaga joylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, transport vositasining mexanik nosozligi fojianing sababi bo‘lishi mumkin.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari avtohalokat vaziyatlarini o‘rganishga kirishdi. Voqea joyida kriminalist-ekspertlar va yo‘l politsiyasi xodimlari ishlamoqda.


Manba: Daryo.uz


Метки: Venusuelada

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.