» » Ispaniyalik arxitektor o‘z qizlarini tennischiga aylantirish uchun banklarni o‘mardi

Ispaniyalik arxitektor o‘z qizlarini tennischiga aylantirish uchun banklarni o‘mardi

Ispaniyalik arxitektor Xose Konexero to‘rtta bankdan umumiy hisobda 330 ming yevro o‘g‘irlagani uchun politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.


Ispaniyalik arxitektor o‘z qizlarini tennischiga aylantirish uchun banklarni o‘mardi

 


Politsiya mazkur jinoyatchi ortidan besh yil qidiruv ishlarini olib bordi. Bu vaqt oralig‘ida Alba va Layi ismli egizak opa-singillarning otasi to‘rtta bankni o‘marishga ulgurdi.

Xabar berishlaricha, Konexero o‘z qizlarini professional tennischilarga aylantirish orzusida bo‘lgan. Tarragona shahrida istiqomat qiluvchi arxitektor bankdan o‘g‘irlangan pullar evaziga o‘z hovlisida tennis korti qurdirgan, qizlarini tennis akademiyasida o‘qitgan hamda Alba va Layining ITF tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqalardagi ishtiroki xarajatlarini to‘lab borgan.

Qayd etish joiz, Alba Konexero faoliyati davomida ITF’ning asosiy to‘r bahslarida uchta g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uning singlisi yakkalik bahslarida birorta ham muvaffaqiyatga erishmagan.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.