» » Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy termasi Yaman va Filippinga qarshi tayyorgarlikni 27-avgustdan boshlaydi

Скачать Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy termasi Yaman va Filippinga qarshi tayyorgarlikni 27-avgustdan boshlaydi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy termasi Yaman va Filippinga qarshi tayyorgarlikni 27-avgustdan boshlaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 va Osiyo Kubogi-2019 saralashi “H” guruhi doirasidagi Yaman va Filippinga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlikni 28-avgustdan boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy termasi Yaman va Filippinga qarshi tayyorgarlikni 27-avgustdan boshlaydi

 

Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan yig‘inga jami 30 nafar futbolchini jalb etishni rejalashtirilgan, biroq ularning barchasi 27-avgustdan yig‘inga kirmaydi. Xususan, FIFA reglamentiga muvofiq, legioner futbolchilar klublarning ruxsati bilan Yaman bilan o‘yinga besh kun qolgandagina terma jamoa ixtiyoriga uchib ketish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining “H” saralash guruhi 3-tur bahslari doirasida Yamanga qarshi uchrashuvi 3-sentabr soat 19:00 da Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Beshta jamoa o‘rin olgan “H” guruhida 3-turda Shimoly Koreya Bahraynga qarshi bahs olib borsa, Filippin terma jamoasi dam oladi.

O‘zbekiston terma jamoasi Yamanga qarshi o‘yindan keyin 6-sentabrgacha Toshkentda shug‘ullanadi. 6-sentabr kuni ertalab terma jamoa delegatsiyasi charter reys bilan Filippin poytaxti Manilaga uchib ketadi. O‘zbekiston terma jamoasining Filippinga qarshi uchrashuvi 8-sentabrda Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, 3-tur oldidan “H” saralash guruhida Shimoliy Koreya va Filippin 2 ta o‘yindan so‘ng 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni egallab turgan Bahrayn, O‘zbekiston va Yaman terma jamoalarida hozircha birorta ham ochko yo‘q.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.