» » Xakerlar xiyonatkorlar uchun mo‘ljallangan saytning 32 million foydalanuvchisi haqidagi axborotni chop etdi

Скачать Xakerlar xiyonatkorlar uchun mo‘ljallangan saytning 32 million foydalanuvchisi haqidagi axborotni chop etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xakerlar xiyonatkorlar uchun mo‘ljallangan saytning 32 million foydalanuvchisi haqidagi axborotni chop etdi

2015-yil iyul oyi oxirida xiyonatkor erkak va ayollar uchun mo‘ljallangan saytni buzib kirgan xakerlar o‘g‘irlangan ma’lumotlarni fayl almashish tarmog‘iga joylashtirdi. Bu haqda Wired xabar bermoqda.

Xakerlar xiyonatkorlar uchun mo‘ljallangan saytning 32 million foydalanuvchisi haqidagi axborotni chop etdi

 

Qariyb 10 gigabayt hajmdagi arxivda Ashleymadison.com saytining 32 million nafar foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari bor. Bu saytda uylangan erkaklar va erga tekkan ayollar o‘z turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilish maqsadida yangi tanish orttirgan.

O‘zini The Impact Team deb nomlagan xakerlik guruhi, arxivni chop etish bilan birga o‘z harakatlarini izohlab bergan, shuningdek, sayt foydalanuvchilarining 90—95 foizi erkaklar ekanligini ma’lum qilgan. Murojaatning so‘nggi qismi foydalanuvchilarga qaratilgan — xakerlar foydalanuvchilarning maxfiy shaxsiy ma’lumotlarini saqlay bilmagani uchun Ashleymadison.com sayti egalarini sudga berishga chaqirgan.

Xiyonatkorlar uchun mo‘ljallangan sayt ma’lumotlar bazasi 2015-yil 20-iyul kuni o‘g‘irlangan edi. O‘shandayoq The Impact Team foydalanuvchilarning shaxsiy axborotlari o‘g‘irlangani isboti sifatida bir qism ma’lumotlarni chop etgan va Ashleymadison.com sayti egalaridan ikkita saytni yopishni talab qilgandi.

Ashley Madison sayti Avid Life Media kompaniyasi loyihalaridan biri hisoblanadi. Avid Life Media kattalar uchun mo‘ljallangan tanishuvlari orqali daromad qiladi. 2015-yilda kompaniya egalik qiluvchi saytlarning umumiy auditoriyasi 50 million foydalanuvchidan oshib ketdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Xaker Hacker

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.