» » FIFA prezidentligiga nomzod Janubiy koreyalik korrupsiyaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi

Скачать FIFA prezidentligiga nomzod Janubiy koreyalik korrupsiyaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

FIFA prezidentligiga nomzod Janubiy koreyalik korrupsiyaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi

FIFA prezidentligiga nomzod, Janubiy koreyalik Chon Monjun tashkilotdagi korrupsiya mojarosiga aloqador ekanligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

FIFA prezidentligiga nomzod Janubiy koreyalik korrupsiyaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi

 

Avvalroq OAVda FIFAning etika qo‘mitasi Monjunning Gaiti va Pokiston futbol federatsiyalariga yo‘naltirilgan bir qator pul o‘tkazmalari yuzasidan surishtiruv harakatlarini boshlagani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Xabar berishlaricha, pul mablag‘larining bir qismi FIFAning sobiq vitse-prezidenti, 2015-yil may oyida firibgarlik va korrupsiyada gumon qilinib, Shveytsariyada hibsga olingan Jek Uornerning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Ayni vaqtda, Monjunning o‘zi 2011-yili FIFA vitse-prezidenti lavozimiga qayta saylana olmagan. Monjunning bayonotida ta’kidlanishicha, xayriya ehsonlari yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borish axloqqa ziddir.

“OAVda FIFA Monjunning 2010-yili Gaiti va Pokiston futbol federatsiyalariga, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun taqdim etgan xayriya pullari yuzasidan tekshiruv olib borayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Agar bu xabarlar rost bo‘lsa, biz FIFAning bu harakatlarini qoralaymiz va etikaga zid deb hisoblaymiz”, — deyiladi Monjunning bayonotida.

17-avgust, dushanba kuni Chon Monjun FIFA prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Iyul oyi oxirida UEFA rahbari Mishel Platini xalqaro futbol federatsiyasi rahbari kursisi uchun kurashishini tasdiqlagan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: FIFA nomzod JK

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.