» » 22—23-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi

Скачать 22—23-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

22—23-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi sifatida e’lon qilingan, deb yozadi “Xalq so‘zi” gazetasi. Shu munosabat bilan joylarda bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari jadal tus oldi. 22—23-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hasharida bu boradagi tadbirlar ko‘lami yanada kengayishi, shubhasiz.

22—23-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi

 

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hashari oldidan respublikadagi barcha tashkilot, korxona hamda muassasalarda mazkur tadbirni puxta tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.

Xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi hamda hududiy tuzilmalari va O‘zbekistondagi 10 mingga yaqin fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan hashar kunlari amalga oshiriladigan keng ko‘lamli vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar hamda hovlilar atroflarini, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarni hamda ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, daraxtlarga shakl berish, hududlarni maishiy hamda qurilish chiqindilaridan tozalash va boshqa yumushlar bajariladi.

— Mustaqillik — bebaho ne’mat. Har birimiz uchun uning qadri yuksak, ahamiyati beqiyos, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining o‘rinbosari D. Usmanov. — Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz oldidan o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida 17,5 million nafarga yaqin kishi, jumladan, 10 million nafardan ziyod yoshlarning ishtirok etishi kutilayotgani ham ana shundan dalolatdir. Ularning yordami bilan ko‘chalar, yo‘l va maydonlar obodonlashtiriladi, ariq hamda lotoklar tozalanadi, daraxtlarga shakl beriladi. Ehtiyojmand oilalarga, nogiron va yolg‘iz qariyalarga moddiy yordamlar ko‘rsatiladi. Ayni chog‘da yurtdoshlarimizga bayram tuhfasi sifatida maishiy xizmat shoxobchalari, ishlab chiqarish sexlari, mahalla guzarlari hamda bolalar sport maydonchalari ishga tushiriladi.

Umumxalq xayriya hasharidan tushadigan mablag‘larning aksariyat qismi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini izchillik bilan davom ettirishga yo‘naltiriladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.