Скачать Sut nimadan boshlanadi? в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Sut nimadan boshlanadi?

Har kuni 60 ta fermer xo‘jaligidan Nestle Uzbekistan zavodiga sut yig‘iladi va u keyinchalik dasturxonimizga yetib keladi. Lekin bundan oldin sut tekshirish, tozalash va qayta ishlashning 16 ta bosqichidan o‘tadi. Yanada avvalroq fermerning kecha-yu kunduz deyarli to‘xtamay qilgan mehnati ham bor.

Sut nimadan boshlanadi?

 

Atigi ikki yil avval fermalar soni ikki baravar kam bo‘lib, qabul punktlarida sut xususiy fermerlardan ham yig‘ib olinar edi. Bugungi kunda yirik fermer xo‘jaliklariga tayanilmoqda, ular yuqori sifatli sut yetkazib berishni ta’minlay oladi. Sut bir necha daqiqadan keyin Tetra Brik Aseptic aseptik o‘ramlariga “kiradi”, bu Farg‘ona mahsuldor sigirlarining tabiiy sutidagi barcha foydali sifatlarni saqlash imkonini beradi.

Golshtin-friz — chiroyli, baland bo‘yli, boshlari nozik, vazni 650 kilogrammdan oshiq oq-qora sigirlar. Bu zot tashqi sharoitlarga juda yaxshi ko‘nikadigan, injiqligi yo‘q, yaxshi qaralsa ortiqcha ovoragarchilik keltirmaydi. Sutining yog‘liligi — 3,8%. Ola-sariq chex simmental zotili sigirlar suti jahonda eng yuqori sifatli hisoblanadi va uni sut mahsuloti ishlab chiqaruvchi eng ilg‘or konsernlar sotib oladi. Sutining yog‘liligi — 4,5%. O‘rta hisobda har bir sigir kuniga 30 litrgacha sut beradi, eng mahsuldorlari 35—40 litrgacha beradi.

Sog‘ishdan avval sigirlar maxsus sog‘ish zaliga olib kiriladi va zarracha ham g‘ubor tushmasligi uchun yelinini, albatta, yaxshilab yuviladi. Fermada tozalikka talab juda baland va bu iqtisodiy tomondan ham muhim: agar Nestle Uzbekistan kompaniyasi sutni qabul qilmasa, uni hech qayerga berib bo‘lmaydi, chunki bunday yirik xo‘jaliklar faqat Nestle Uzbekistan zavodi bilan ishlaydi. Barcha sut haroratni doimiy ravishda +4 darajada ushlab turuvchi maxsus sovutgich uskunaga yig‘iladi.

Fermada yil bo‘yi veterinarlar ishlaydi. Sigirlar bolalaydi, emlanadi va davolanadi. Sigirlar nihoyatda bebaho bo‘lganligi uchun ularning birortasi ham kasal bo‘lmasligi kerak. Shunisi ham muhimki, emlangan sigirlar suti barcha dorilar organizmidan chiqib ketguncha, ikki-uch haftagacha karantinga tushadi. Bu iste’molchi uchun juda muhim. Diyetolog va shifokorlar tarkibida veterinar antibiotiklari mavjud bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni ta’kidlaydi. Bu ayniqsa, gentamitsin moddasiga tegishli. Bu dorilar organizmda yig‘ilib, kasallik paytida inson organizmini antibiotiklarga bo‘lgan reaksiyasini o‘zgartirishi yoki bundan ham xavfli salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Nestle Uzbekistan kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan fermer xo‘jaliklarda bu karantinga juda ham jiddiy e’tibor beriladi. Agar zavod laboratoriyasida sutdan antibiotik topilsa, ushbu sut partiyasi xo‘jalikka qaytarib beriladi. Bunday sut odatda buzoqlarga beriladi, bu ular uchun ona suti bilan berilgan emlashning bir turi desa ham bo‘ladi.

Ko‘pchilik fermalarda alkogol (achish) va yog‘lilikni birlamchi tahlil qiladigan o‘z laboratoriyalari mavjud.

Nestle Uzbekistan kompaniyasi bilan faqat halol hamkorlargina ishlay oladi, qolganlari esa boshlang‘ich bosqichlardayoq qolib ketgan. Aytgancha, ba’zida sutning achishini sekinlashtirish uchun ayrim “kimyogarlar” soda qo‘shadi. Buni uy sharoitida ham qoshiqdagi sutga xohlagan kislota — limon yoki sirka qo‘shib tekshirish oson. Ko‘pirdimi, demak sutga soda qo‘shilgan.

Peshinda kompaniyaning sut tashuvchi termos-mashinasi sutni olib ketishga keladi. Har bir mashina dezinfeksiya eritmasi quyilgan maxsus sanitar chegaradan o‘tadi va faqat shundan keyin fermaga qo‘yiladi. Sovutgich uskunadan sut nasoslar yordamida so‘rib olinadi va shundan so‘ng sovutgich ham, xona ham to‘liq sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi. Bu ishlarni peshingi sog‘uvgacha qilib ulgurish kerak.

Tashvish va ishlarning yangi aylanasi shunday boshlanadi va u har kuni takrorlanaveradi, chunki iste’molchilar dasturxonida Nestle kompaniyasi suti har kuni paydo bo‘lishi lozim, bu sut nafaqat respublikamizda, balki jahonda ham eng yuqori sifatlilaridan biri deb tan olingan.

Sut haqida hamma faktlarni bilasizmi?

Unda buni isbotlang va Nestlé® Sutim’ning sovg‘alariga ega bo‘ling. Tanlov haqida www.potrebiteli.uzsaytidan batafsil bilib olishingiz mumkin!

Blits-so‘rov 28-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.

Mahsulot sertifikatlangan. Reklama huquqi asosida

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Sut

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.