» » Tojikistonlik qiz The Atlas of Beauty internet loyihasining eng chiroyli qizlar ro‘yxatiga kirdi

Tojikistonlik qiz The Atlas of Beauty internet loyihasining eng chiroyli qizlar ro‘yxatiga kirdi

Tojikistonlik farrosh qiz Munira Mirzoyeva The Atlas of Beauty internet loyihasining eng chiroyli qizlar ro‘yxatiga kirdi, deb xabar beradi “News.tj”.

Tojikistonlik qiz The Atlas of Beauty internet loyihasining eng chiroyli qizlar ro‘yxatiga kirdi

 

Dushanbening eng chiroyli qizlaridan birining suratini The Atlas of Beauty loyihasining muallifi, ruminiyalik suratkash Mixaela Norok internetga joylashtirdi. Tojikistonlik go‘zal 17 soat mobaynida 90 ta ovoz oldi.

“Go‘zallik o‘zining kelib chiqishi va madaniyatini qo‘llab-quvvatlashni anglatadi. Tabiiy, samimiy bo‘lish uchun moda ketidan quvish yoki nozik bo‘lish shart emas”, — deb ta’kidlaydi Norok.

Manbalarda ma’lum qilinishicha, 19 yoshli Munira poytaxt ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanadi. U yetti kishidan iborat oilasining asosiy boquvchisi hisoblanadi.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.