» » Qozog‘istonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari AQSh dollarini sotishni to‘xtatdi

Скачать Qozog‘istonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari AQSh dollarini sotishni to‘xtatdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qozog‘istonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari AQSh dollarini sotishni to‘xtatdi

Qozog‘istonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari va tijorat banklari aholiga AQSh dollarini sotishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Qozog‘istonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari AQSh dollarini sotishni to‘xtatdi

 

Bu holat Qozog‘iston hukumatining tengeni erkin oqimga qo‘yib yuborish qaroridan so‘ng respublika milliy valyutasi AQSh dollariga nisbatan rekord darajadagi past ko‘rsatkichga tushib ketgach kuzatilgan.

OAV Olma-Otada faqat bitta valyuta ayirboshlash shoxobchasi ochiqligini va uning oldida ko‘plab odamlar to‘planganini ma’lum qilgan. Banklar ham dollar sotishni to‘xtatib, ba’zilari o‘z saytlarini ham yopib qo‘ygan.

Hozirda Olma-Otada yevro va rubl sotib olish ham qiyin bo‘lib qolgani aytilgan. Mamlakatning yana bir yirik shahri — Aktauda na dollar, na rubl, na yevro sotib olishning imkoni yo‘qligi ma’lum qilingan.

Avvalroq berilgan xabarga ko‘ra, 20-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 10:08 da Qozog‘iston birjasidagi savdolar chog‘ida 1 dollar uchun 200 tenge miqdorida eng past ko‘rsatkich va 257 tenge miqdorida eng baland ko‘rsatkich qayd etildi. Tengening o‘rtacha kursi savdolar boshidan buyon 57 tengega o‘sib, 255,26 tengeni tashkil etdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.