» » Qozog‘iston do‘konlarida mahsulotlarga yangi narxlar belgilana boshladi

Скачать Qozog‘iston do‘konlarida mahsulotlarga yangi narxlar belgilana boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qozog‘iston do‘konlarida mahsulotlarga yangi narxlar belgilana boshladi

Qozog‘iston do‘konlarida mahsulotlarga yangi narxlar belgilana boshladi

 

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida 20-avgust, payshanba kuni ertalab naqd valyutani olish va sotish operatsiyalarini to‘xtatgan ayirboshlash punktlari tushlik vaqtiga kelib o‘z eshiklarini ochdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.

Ayni paytda 1 AQSh dollarining o‘rtacha sotish narxi 254 tenge, olish narxi esa 252 tengeni tashkil etadi.

Qimmatbaho mahsulotlar, chunonchi, elektron va maishiy texnika sotiladigan savdo markazlarida narxlar ancha ko‘proq oshgan. Ko‘pchilik do‘konlarda menejerlar mahsulotlarda ko‘rsatilgan narxlarni almashtirish bilan band. Ulardan birida narxlarni 30 foizga balandlatayotganini ma’lum qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Olma-Otadagi ko‘pchilik avtosalonlarda dollar kursining tengega nisbatan o‘zgarishi tufayli avtomobillar savdosi to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni ertalab Qozog‘iston hukumatining tengeni erkin oqimga qo‘yib yuborish qaroridan so‘ng respublika milliy valyutasi AQSh dollariga nisbatan rekord darajadagi past ko‘rsatkichga tushib ketdi.

Avvalroq Qozog‘iston hukumati jahon iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar tufayli, valyuta koridorini bekor qilib, erkin oqimdagi milliy valyuta kursiga o‘tishga qaror qilgan edi.

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.