» » Davlat filmlarini moliyalashtirish tartibi o‘zgartirildi

Скачать Davlat filmlarini moliyalashtirish tartibi o‘zgartirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Davlat filmlarini moliyalashtirish tartibi o‘zgartirildi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 16-iyundagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgartirishlar Nizomning 3-bo‘limiga taalluqli bo‘lib, belgilangan ishlab chiqarish hajmlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi, deb xabar beradi “O’zbekkino” matbuot xizmati.

Davlat filmlarini moliyalashtirish tartibi o‘zgartirildi

 

Jumladan, Nizomning eski tahrirdagi 14-bandiga ko‘ra, filmlarning belgilangan yillik ishlab chiqarish hajmlarini moliyalashtirish ularning tematik rejasi va qisqa annotatsiyasi, shuningdek, “O‘zbekkino” MAning filmlar prokatidan kelib tushadigan mablag‘larni hisobga olgan holda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida amalga oshirib kelingan bo‘lsa, bundan buyon “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tegishli yil uchun tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi xarajatlarning alohida indeksatsiyasi, filmlar ishlab chiqarishning namunaviy smetasini hisobga olgan holda kino mahsulotlarining amaldagi xarajatlar me’yoridan kelib chiqib, filmlar ishlab chiqarish hajmlarini moliyalashtirish prognozini shakllantirishi va kelishish uchun Moliya vazirligiga taqdim etilishi nazarda tutilgan 15-band o‘z kuchini yo‘qotdi.

Nizomning yangi tahrirdagi 19-bandida, “O‘zbekkino” Milliy agentligining filmlar prokati va homiylar mablag‘lari hisobidan kelib tushadigan foydasi hisobidan – qo‘shimcha filmlar ishlab chiqarishga, xorijiy filmlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida namoyish etishga, shuningdek, Respublika hududida kinofestivallar o‘tkazish hamda milliy filmlarni xalqaro kinofestivallarda qatnashishini ta’minlash uchun sarflashga yo‘naltirishi mumkinligi qo‘shimcha ravishda kiritildi.

Har bir filmni belgilangan hajmda va muddatlarda ishlab chiqarish yakuni bo‘yicha budjet mablag‘larini va filmlar prokati hisobidan kelib tushadigan foydani maqsadli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida, “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan har bir filmning ishlab chiqarish hisobotini Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim qilinishi to‘g‘risidagi 22-band ham o‘z kuchini yo‘qotdi.

Endilikda filmlar ishlab chiqarish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi uchun barcha mas’uliyat va javobgarlik “O‘zbekkino” Milliy agentligi zimmasida bo‘ladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Davlat filmlarini

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.