» » Sirdaryoda “Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimiz” nomli ijtimoiy aksiya o‘tkazildi

Sirdaryoda “Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimiz” nomli ijtimoiy aksiya o‘tkazildi

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 17-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida “Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimiz” nomli ijtimoiy aksiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Sirdaryoda “Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimiz” nomli ijtimoiy aksiya o‘tkazildi

 

Viloyatda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar ham faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida ajdodlar xotirasini yod etish, bugun safimizda yurgan, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan keksalarni e’zozlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tadbir doirasida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi asosida tumandagi nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Partiya faollari mahalliy Kengash deputatlari bilan birga yoshi ulug‘ insonlarni bayram bilan tabrikladi, esdalik sovg‘alari topshirdi.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.