» » Toshkentda mashhur biznes-trenerlar ishtirokida keng qamrovli seminarlar o‘tkazilishi kutilmoqda

Скачать Toshkentda mashhur biznes-trenerlar ishtirokida keng qamrovli seminarlar o‘tkazilishi kutilmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda mashhur biznes-trenerlar ishtirokida keng qamrovli seminarlar o‘tkazilishi kutilmoqda

Dmitriy Turusin, Nikolay Doroshchuk va Denis Kaplunov – ushbu uch nafar yuqori malakali ma’ruzachi kuz oylari davomida Toshkentning ishbilarmon doira vakillari uchun mualliflik biznes-seminarlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Toshkentda mashhur biznes-trenerlar ishtirokida keng qamrovli seminarlar o‘tkazilishi kutilmoqda

 

Bo‘lajak ma’ruzalar zamovaniy ish yuritish jarayonida mavjud muammolar va muhim vazifalarning qisqa vaqt ichida yechim topishiga ko‘mak berishga qaratilgan.

14-oktabr kuni Dmitriy Turusin tomonidan o‘tkazilajak “Kontakt nuqtalari” deb nomlangan seminar kompaniya va mijoz o‘rtasida turli vaziyatlar, vaqt, joy, hujjatlar va interfeyslarni hisobga olgan holda ikki tomonlama aloqa o‘rnatish haqidagi ma’lumotni yetkazibgina qolmay, yuqorida keltirilgan shartlarning qay biri seminar qatnashchisi uchun muhimroq ekanligini, ularni ishlatish mexanizmining qoida va algoritmlar asosida yanada takomillashitirsh usullarini aniqlashga ko‘mak beradi.

Nikolay Doroshchukning 21—22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ikki kunlik seminari esa distributsiya, ya’ni mahsulot tarqatish masalalariga bag‘ishlanadi. Ish yuritishning ushbu yo‘nalishida qariyb 23-yillik tajribaga ega ushbu ma’ruzachi, tushumni oshirish sirlari, shuningdek sotuvlar bo‘limining sarf-xarajatlarini kamaytirish va muddatidan o‘tgan debitorlik qarzlarini qisqartirish kabi muhim mavzularga to‘xtalib o‘tishi kutilmoqda.

Foto: Be The Change Group

Dmitriy Kaplunov tomonidan 3 va 4-noyabr kunlari o‘tkaziladigan ikki kunlik seminar davomida zamonimizning ayniqsa dolzarb mavzulari — “Ommaviy zararlanish kopiraytingi” va “Biznes toifadagi kopirayting” masalalari muhokama qilinadi. Rossiyaning eng nufuzli kopirayterlaridan biri Kaplunov nima uchun ish yuritishda va mahsulot sotishda muhim rol o‘ynaydigan reklama matnlarining 80 foizi bugungi kunda kerakli natijalarni bermayapti, degan savolga oydinlik kiritishga, shuningdek, ta’sirli va sotuvchanlik qobiliyatiga ega matnlarni yaratishga qaratilgan amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Seminarlar doirasida tinglovchilar mavzularning qizg‘in muhokamasida ishtirok etish, ma’ruzachiga savollar berish hamda namunali misollar orqali algoritmlar va foydali usullarni amalda qo‘llab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Bundan bir qancha vaqt muqaddam Igor Mann tomonidan o‘tkazilgan biznes-seminarni tashkillashtirar ekanmiz, O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari xalqaro darajadagi mutaxassislarning tajribalarini o‘zlashtirish orqali o‘z bilimlarini chuqurlashtirishga tayyor ekanliklariga guvoh bo‘ldik. Shunday ekan, bizning vazifamiz – keng jamoatchilik e’tiboriga nafaqat yuqori bilimli mutaxassis tajribasini havola etish, balki ushbu tajribani atrofdagilardan sir tutmay, ochiq oydin va savodli tarzda yetkazay oladigan ma’ruzachini jalb qilishdir”, — deydi seminarlar tashkilotchisi, Be The Change Group kompaniyasi direktori Lev Gavrish.

Seminarlar Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar dasturi doirasida, shuningdek ishtirokchilarning o‘zaro muloqoti uchun tanaffuslar va dastxatlar sessiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Seminarlarda ishtirok etgan tinglovichlarga “Tadbir qatnashchisi” rasmiy sertifikati beriladi. Chiptalarni xarid qilishga oid qo‘shimcha ma’lumotni tashkilotchi kompaniyaning rasmiy saytiwww.change.uz va +998 (90) 994-12-11 hamda +998 (90) 995-12-11 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Ma’ruzachilar haqida:

Dmitriy Turusin

“Kontakt nuqtalari: oqdan qora belbog‘gacha” deb nomlangan trening muallifi. 2012-yildan boshlab ochiq turdagi treninglarni o‘tkazib kelmoqda. “Bukvoyed”, Alcina, “Novaya Liniya” kompaniyalari uchun ichki treninglar uyushtirishga muvaffaq bo‘ldi. “Sinergiya” biznes maktabining treneri. Rossiyada “marketing” mutaxassisligi bo‘yicha Davlat boshqaruv universitetini tamomlagan. Business Management, ya’ni biznes boshqaruv mutaxassisligi bo‘yicha Napier Edinburg (Shotlandiya) Universitetining bakalavri. Igor Mann bilan birgalikda “Kontakt nuqtalari. Marketingni yaxshilash uchun ishchi daftar” bestseller kitobiga mualliflik qilgan (4 marta qayta nashr etilgan).

Nikolay Doroshchuk

Distributsiyani rivojlantirish sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri. 23 yillik amaliy tajribaga ega. Sotuvlar tizimi Ish Unumdorligi Koeffitsiyenti (inglizcha KPI) muallifi. Konsalting yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi kompaniya rahbari. Qariyb 10 ta mamlakatda ish olib boradi. MDH distribyutorlari xalqaro forumining asoschisi va boshlovchisi. ESMA Yevropa distribyutorlar assotsiatsiyasi qatnashchisi. Konsalting sohasidagi 14 yillik ish tajribasi davomida turli biznes rahbarlari uchun 514 marotaba maslahatlashuvlar, 1113 ta seminar; turli yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi kompaniyalar uchun 684 marotaba sotuvlar tizimi auditini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Sohaga oid anjumanlar va distribyutorlar yig‘inlarida jami 29 marotaba chiqishlar qilgan, MDHning yirik distribyutorlari ishtirokidagi 3 ta forum tashkilotchisi bo‘lgan, umumiy adadi 15 ming donaga teng distributsiya bo‘yicha 3 ta kitob muallifi, KPI’ning 7013 nafar doimiy obunachisiga ega.

Denis Kaplunov

Denis Kaplunov — Rossiya federatsiyasining eng mashhur va yorqin kopirayting mutahassislaridan biridir. “Denis Kaplunov studiyasi” kopirayting agentligining asoschisi. “Ommaviy zararlanish kopiraytingi”, “Tarkib, marketing va rok-n-roll” hamda “Ta’sirli tijorat taklifi” deb nomlangan kitoblar muallifi. Kelishuv qiymati borasidagi shaxsiy rekordi – u tomonidan tuzilgan tijorat taklifi qiymati 4,5 million yevroga teng kelishuvning imzolanishi bilan yakunlandi.

Be The Change Group kompaniyasi haqida

Kompaniya 2015-yilda tashkil topgan. Ishning asosiy yo‘nalishi – turli soha yetakchilaridan tor mutahassislikdagi seminarlar, ma’ruzalar va treninglarni tashkil etish, biznesni boshqarish va zz ustida ishlashga oid qator dasturlarni ishlab chiqarishdir. Kompaniya rahbari – Lev Mixaylovich Gavrish – O‘zbekiston—Yaponiya markazi qoshidagi biznesni boshqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi diplomdan keyingi Professional Boshqaruv Dasturi (PMP) bo‘yicha tahsil olgan. Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti qoshidagi Oxford Martin School WEC (World Education Corps) ko‘ngillilari dasturi asosida 2005—2006-yillarda Afrikaning Tanzaniya mamlakatida joylashgan KITDC axborot saqlash markazida faoliyat yuritgan. Ta’lim va xalqaro aloqalar sohalarini rivojlantirish yo‘nalishida loyihalarni amalga oshirishda ko‘p yillik tajribaga ega.

Seminar tashkilotchisi

Be The Change Group

Tel: +998 (90) 994-12-11, +998 (90) 995-12-11

Elektron pochta: info@change.uz

“Daryo” — seminarlarning axborot hamkori

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkentd

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.