» » Falastinliklar Isroilning josus delfinini qo‘lga tushirdi

Falastinliklar Isroilning josus delfinini qo‘lga tushirdi

Falastindagi XAMAS harakati vakillari O‘rtayer dengizining G‘azo sektoriga yaqin sohillarida, katta ehtimol bilan, Isroil foydasiga josuslik qilgan delfinni qo‘lga tushirdi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Falastinliklar Isroilning josus delfinini qo‘lga tushirdi

 

Falastinliklarning so‘zlariga ko‘ra, sut emizuvchi jonivor “suvda shubhali harakatlarni amalga oshirgan”. Sohil qo‘riqlash xizmati xodimlarining ma’lum qilishicha, delfinga videokamera va boshqa kuzatuv moslamalari o‘rnatilgan bo‘lgan.

Bundan tashqari, delfinga uncha katta bo‘lmagan nayzalarni uloqtira oladigan qurilma ham mahkamlangan. The Jerusalem Post xabariga ko‘ra, mazkur delfin yordamida XAMASning dengizdagi maxsus bo‘linmalari harbiy mashqlarini kuzatib borish asosiy maqsad bo‘lgan.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.