» » O‘zbekistonda 19 ta turistik kompaniyaning litsenziyasi to‘xtatildi

Скачать O‘zbekistonda 19 ta turistik kompaniyaning litsenziyasi to‘xtatildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda 19 ta turistik kompaniyaning litsenziyasi to‘xtatildi

Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishining 21-protokoliga ko‘ra turizm sohasining qator subyektlarining litsenziyalari amal qilish 10 kun muddatga to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xabar berdi.

O‘zbekistonda 19 ta turistik kompaniyaning litsenziyasi to‘xtatildi

 

Bu qaror quyidagi subyektlarga tegishli:

  1. “Andijon Sharq durdonasi” MChJ;   
  2. “Valisher lyuks” MChJ;  
  3. “Shaxriston-Voyage” MChJ;    
  4. “Buxoroturist” MChJ;  
  5. “O‘zbek davlat sirki” MChJ;     
  6. “Hotel Sayokhat” MChJ;           
  7. “Istam Raxim” MChJ;      
  8. “Omad Biznes Zarafshon” MChJ;       
  9. “Fitnes” sport klubi;       
  10. “Saydana” MChJ;           
  11. “Alijon” MChJ;   
  12. “Uzbegim Plaza” MChJ;           
  13. “Bo‘ston Turizm Servis” MChJ;         
  14. “Abdullo” MChJ;           
  15. “Denov-Euroazia” MChJ;        
  16. “Yangiobod-Sayoxatchi” MChJ;       
  17. “Zafar Invest Impex” MChJ;    
  18. “Xorazm Palace” MChJ;          
  19. “Meros” MChJ.

Qayd etilishicha, ushbu qaror “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 22-moddasiga asosan, yuqoridagi subyektlar litsenziya shartnomasining qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda turistik yig‘imni to‘lash bo‘yicha 2.1-bandini buzgani sababli qabul qilingan.

Bunday choralar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha turistik yig‘im to‘lovchilardan litsenziya shartnomasi talablarini, jumladan turistik yig‘im to‘lash bilan bog‘liq me’yorni bajarish so‘ralgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.