» » Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

Скачать Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati final bosqichidagi ikkinchi o‘yinda ham imkoniyatni boy berdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

 

“A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining 2-turdagi raqibi Yaponiya bo‘ldi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik qizlar 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bosh murabbiy Vyacheslav Soloxo qo‘l ostidagi O‘zbekiston termasi 1-turda mezbon — Xitoyga qarshi maydonga tushib, 0:9 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O‘zbekistonlik qizlar Osiyo chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 22-avgust kuni Avstraliya U-19 ayollar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.