» » Amerikaning Vashington va Kaliforniya shtatlari olov ichida qoldi

Amerikaning Vashington va Kaliforniya shtatlari olov ichida qoldi

Amerikaning Vashington va Kaliforniya shtatlari olov ichida qoldi

 

Vashington shtatida o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqdi: hududdagi Tvisla, Uintrop, Konkonalli shaharchalaridan barcha aholi ko‘chirilgan. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

Ofat bilan kurashda uch nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafar kishining hayoti uchun shifokorlar kurash olib bormoqda. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni uddalab bo‘lmayotgani sababli yordam so‘rab, armiyaga murojaat etdi. Amerikalik harbiylar keyingi 10 yil mobaynida birinchi marta yong‘in o‘chirishga jalb etilmoqda.

Kaliforniya janubida ham o‘rmonlar o‘t ichida qoldi. Yuqori harorat va shamol vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.