» » Toshkentda “Jiguli” mashinasi yo‘l o‘rtasida ag‘darilib ketdi (foto)

Toshkentda “Jiguli” mashinasi yo‘l o‘rtasida ag‘darilib ketdi (foto)

20-avgust, payshanba kuni Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik va aviasozlar shaharchasi oralig‘ida “Jiguli” rusumli avtomobil to‘nkarilib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar bermoqda.

Toshkentda “Jiguli” mashinasi yo‘l o‘rtasida ag‘darilib ketdi (foto)

 

Postga ilova qilingan rasmlarda mashina ag‘anab yotgani, sal nariroqda o‘t o‘chiruvchilar mashinasi turganini ko‘rish mumkin. Bundan “Jiguli” ag‘darilib ketgach, yong‘in sodir bo‘lganini taxmin qilish mumkin.


Postga izoh bildirganlar hodisadan jabr ko‘rganlar haqida qiziqdi, biroq muallif bu haqda aniq ma’lumot keltira olmadi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Toshkent Jigul (foto)

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.